Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.
Olia, Mermar va Huihai Pacific tankerlari ikki million barrel neftini tashishgan. Juma kuni ular AQSh sanksiyasiga uchrab, Xitoyning sharqiy hududida qolib ketgan. Qayd etilishicha, rus tankeri yo‘lga chiqishdan avval Shandong portlarini boshqaruvchi Shandong Port Group sanksiyaga tushgan tankerlarni qabul qilishni man etuvchi qarorni qabul qilgan.
Bundan tashqari, sanksiyaga tushgan Cool Rover gaz tashuvchi tankeri bortida Gazprom kompaniyasining suyultirilgan gazi bilan Ispaniya sohiliga qabul qilinmayapti, deb xabar beradi The Bell nashri.