Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy Afpeonistondan import qilinadigan mahsulotlar uchun 100% bojsiz kirishni ta’minlaydigan bo‘ldi

Xitoy Afpeonistondan import qilinadigan mahsulotlar uchun 100% bojsiz kirishni ta’minlaydigan bo‘ldi

Xitoy Afg‘onistonni import bojxona to‘lovlaridan butunlay ozod qilishini tasdiqladi, deya xabar beradi davlat matbuoti. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jianning aytishicha, bu chora «ikki tomonlama savdo hamkorligiga yordam beradi va o‘zaro manfaat keltiradi».

Bu bayonot Xitoyning Afg‘onistondagi elchisi Chjao Xing va Afg‘oniston bosh vazirining vaqtincha o‘rinbosari Mavlaviy Muhammad Abdul Kabir o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yangradi.

Chjao joriy yilda Afg‘onistonning Xitoyga eksporti 11,5 foizga oshganini qayd etib, Tojikiston orqali yangi iqtisodiy yo‘lak ochish rejalarini ma’lum qilgan.

Afg‘oniston ham Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridoriga qo‘shildi, bu mamlakatga savdo markaziga aylanishi va sarmoya jalb etishida yordam beradi.

Kiritildi: 16:24 27.10.2024. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!