Xirosimaga atom bombasi tashlagan uchuvchining kundaligi 950 ming dollarga sotilmoqda — The Washington Post.
Bu Enola Gay bombardimonchi samolyotining ikkinchi uchuvchisining yon daftari bo‘lib, unda "Ey xudo, biz nima qilib qo‘ydik," degan yozuv bor.
Qayd etilishicha, bu beshinchi sotuv hisoblanadi. Kundalik 2022 yilda 543 ming dollarga sotilgan.