Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Prezidentimiz Termizdagi etnoshaharchani ko‘zdan kechirdi

Prezidentimiz Termizdagi etnoshaharchani ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida barpo etilgan etnoshaharchaga tashrif buyurdi.

Ushbu loyiha Surxondaryo tarixi, hunarmandchiligi va an’anaviy san’ati namunalarini namoyon etish uchun zamonaviy infratuzilmaga ega yangi madaniy maskan sifatida yaratildi.

Majmua 10 million dollarlik investisiya hisobidan barpo etildi. Olti gektar maydonda tarixiy qiyofadagi binolar, oilaviy mehmon uyi, do‘mbira ustaxonasi, baxshichilik ekspozisiyasi, milliy taomlar restorani, bolalar uchun o‘yin maydonchasi hamda musiqiy favvoralar qad rostlagan.

Shaharcha yiliga 180 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega, bu yerda 250 nafar odamga doimiy ish o‘rinlari yaratiladi. Mehmonlar nafaqat hunarmandlarning mahsulotlarini xarid qilishlari, balki ularning ishini kuzatishlari ham mumkin.

Prezidentimiz turizm maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hunarmandlar bilan muloqot qilib, tashrif buyuruvchilar uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi.

Kiritildi: Bugun 19:49. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!