Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi zaharlanishdan so‘ng Garden Catering Trade’da ta’sischi almashdi

Farg‘onadagi zaharlanishdan so‘ng Garden Catering Trade’da ta’sischi almashdi

Farg‘onada 62 nafar bola ommaviy zaharlangan bog‘chalarga ovqat yetkazib bergan Garden Catering Trade kompaniyasida ta’sischi o‘zgardi.

Davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, 25 fevral holatiga kompaniyaning 100 foiz ulushi Mo‘ydinjon Abdumo‘minovich G‘ofurov nomiga o‘tkazilgan. 24 fevral kunigacha esa ta’sischi Iqboljon Habibulloyevich Bozorov bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ta’sischi bir qator boshqa qurilish va savdo yo‘nalishidagi kompaniyalarda ham ulushlarga ega. Kompaniya rahbari ham turli tijorat sub’ektlarida ta’sischi yoki hamta’sischi sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:05. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!