Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xirosimadagi portlashdan omon qolgan soat auksionda sotildi

Xirosimadagi portlashdan omon qolgan soat auksionda sotildi

1945 yilning 6 avgustida Xirosimaga atom bombasi tashlanganidan so‘ng vayronalar orasidan topilgan eritilgan soat Bostondagi kimoshdi savdosida 31 113 dollarga sotildi, deb xabar beradi AP.

Bostondagi auksion soatni sotib olgan shaxs o‘zini oshkor qilishdan bosh tortgan.

Soat Xirosima xarobalari orasidan zaruriy yuklarni yetkazib berish bo‘yicha gumanitar missiyada qatnashayotgan britaniyalik askar tomonidan topilgan.

Soat tillari 8:15 da to‘xtagan.

Chasi posle Xirosimi

Foto: PR Auction

Kimoshdi savdosiga kiritilgan boshqa buyumlar orasida Xitoy yetakchisi Mao Szedun imzolagan “Kichik Qizil kitob” nusxasi; Jorj Vashington tomonidan imzolangan chek; Buzz Aldrinning “Apollon-11” Oy modulini tayyorlash bo‘yicha nazorat ro‘yxati.

Kiritildi: 23:06 26.02.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!