Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xavi Messining «Barselona»ga qaytmagani sababini aytdi

Xavi Messining «Barselona»ga qaytmagani sababini aytdi

«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining 2023 yilda klubga qaytishi nega amalga oshmaganini ma’lum qildi.

Xavining aytishicha, Messi «PSJ»dan ketganidan so‘ng «Barselona»ga qaytishga tayyor bo‘lgan va tomonlar bu masalani bir necha oy muhokama qilgan.

«U «Barselona»ga qaytishni xohlardi. Men uning klubdagi so‘nggi raqsini tashkil qila olamiz, deb o‘ylagandim», — dedi Xavi.

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta Messini qaytarishni istamasligini bildirgan. Xavi bu xabarni futbolchiga yetkazish unga og‘ir bo‘lganini aytdi.

Messi 2021 yilda «Barselona»ni tark etib, «PSJ»ga o‘tgan. 2023 yilda esa «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolagan.

Kiritildi: 16:22 19.09.2026. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!