Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Xarris Trampni "fashist" deb hisoblaydi. Sobiq prezident unga javob berdi: "Buzuq miya."

Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Kamol Xarris o‘z raqibi - respublikachi Donald Trampni "fashist" deb hisoblashini ma’lum qildi. Harris CNN telekanalida ko‘rsatuv tomoshabinlaridan biri tomonidan berilgan tegishli savolga ijobiy javob berdi.

"Ha, hisoblayman, - dedi Xarris. - Shuningdek, men uni bu tomondan yaxshi biladigan odamlarga ishonish kerak, deb hisoblayman."

U, ehtimol, Tramp bilan ishlagan va unga tegishli tavsiflarni bergan sobiq yuqori martabali hukumat amaldorlarini nazarda tutgan. Ular orasida Tramp shtab boshlig‘i Jon Kelli va Tramp prezidentligi davrida shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari bo‘lgan general Mark Milli bor.

AQSh prezidentligiga nomzod Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Xarrisning nutqiga izoh berarkan, raqibining "buzuq miyasi" borligi va u tobora "ritorika darajasini ko‘tarayotgani" haqida yozdi. "U o‘z ritorikasining darajasini oshirib bormoqda, hattoki meni Adolf Gitler deb atashgacha bordi va uning buzuq miyasiga keladigan boshqa hamma narsalarni ham aytdi," deya Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!