Ukrainaning Xarkov shahrida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xarkov viloyati davlat ma’muriyati raisi Oleg Sinegubov "Telegram"da ma’lum qildi.
"Xarkov. Dron hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi", - deya qayd etdi u. Bundan tashqari, shahar meri Igor Terexovning ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning o‘qqa tutilishi natijasida 35 kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni kechqurun rus armiyasi Xarkovga dron bilan hujum qilgan. Avvalroq 3 kishi halok bo‘lgani va 34 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi. Qutqaruvchilar odamlar qolishi mumkin bo‘lgan vayronalarni demontaj qilishda davom etmoqda.