"Rossiya qo‘shinlari 11 iyunga o‘tar kechasi Xarkov shahriga kamida 17 ta dron bilan bilan hujum uyushtirdi. Buning oqibatida ko‘p qavatli uylar, xususiy binolar, bolalar maydonchalari, korxonalar va jamoat transportiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar bo‘ldi", — dedi Xarkov meri Igor Terehov.
Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov jabrlanganlar soniga aniqlik kiritib, 57 kishi jarohat olganini bildirdi.
Bundan tashqari, Rossiya dronlari Odessa viloyatini ham nishonga oldi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga ko‘ra, uylar, xo‘jalik binolari, yengil avtomobillar va fuqarolik kemalari zarar ko‘rgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan.