Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1005-son, 27.11.2024 y.) bilan "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰Ushbu Qonun bilan kichik qiymatli xarid uchun soddalashtirilgan tartib-taomil va ikki bosqichli davlat xaridlari kabi xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
✅Barqarorlik prinsipi, markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi, hadli kelishuvni tuzish va amalga oshirish tartibi, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish chog‘idagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha choralar hamda boshqa masalalar belgilanmoqda.