Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan kursi ilk bor 2022 yil mart oyi darajasigacha pasaydi - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va undan keyin keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etilganidan keyingi dastlabki haftalardagi darajaga.
26 noyabr, seshanba kuni kun yarmida 1 dollar xalqaro valyuta bozorida 105,5 rublga sotildi, bu bir kun oldingiga nisbatan taxminan 1,5 rublga yuqori.
Evro kursi 110,9 rublga yetdi, o‘sish 1,8 rubl, yuan kursi 14,5 rublni tashkil etdi (oldingiga nisbatan 0,19 rublga yuqori).
Shu bilan birga, Rossiya Markaziy banki shu kuni 2022 yil mart oyidan beri birinchi marta dollarning rasmiy kursini 103 rubldan yuqori belgiladi.
Oktyabr oyida Rossiya banki asosiy stavkani 21 foizga oshirdi, bu so‘nggi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Sentyabr oyida Rossiya Markaziy banki stavkasi 19 foizgacha ko‘tarildi.