Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindiston Eron nefti uchun to‘lovlarni Xitoy yuanida amalga oshirmoqda

Hindiston Eron nefti uchun to‘lovlarni Xitoy yuanida amalga oshirmoqda

Hindistonning neftni qayta ishlash zavodlari AQSh sanksiyalaridan vaqtinchalik istisno doirasida sotib olingan Eron nefti uchun Xitoy yuanida haq to‘lashni boshladi. To‘lovlar Mumbaydagi ICICI Bank orqali amalga oshirilyapti.

Treyderlarning so‘zlariga ko‘ra, Tehronga qarshi uzoq yillik sanksiyalar tufayli to‘lovlarni tashkil etishdagi qiyinchiliklar ko‘plab xaridorlarni to‘xtatib qolgan edi.

Yaqinda Hindistonning eng yirik davlat neft korporasiyasi — Indian Oil Corp (IOC) Erondan 2 million barrel neft sotib oldi. Bu oxirgi yetti yil ichida Hindiston tomonidan amalga oshirilgan ilk xarid bo‘lib, yukning umumiy qiymati taxminan 200 million dollarni tashkil etgan. Yuan orqali to‘lov tizimidan foydalanish sanksiyalar sharoitida moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish uchun muqobil yo‘l sifatida ko‘rilyapti.

Kiritildi: 21:36 18.04.2026. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!