Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Hindiston o‘rtasida yangi harbiy kelishuv kuchga kirdi

Rossiya va Hindiston o‘rtasida yangi harbiy kelishuv kuchga kirdi

Hujjat matni Rossiyaning rasmiy qonun hujjatlari portalida e’lon qilindi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, Rossiya va Hindiston bir-birining hududiga 3 ming nafargacha askar, 10 ta harbiy samolyot va 5 ta harbiy kema yuborishi mumkin. Bu ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bitim doirasida amalga oshiriladi.

Ushbu kuchlar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘inlari, gumanitar yordam ko‘rsatish hamda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish kabi vazifalar uchun yuboriladi.

Harbiy samolyotlar va kemalarning kirib kelishi diplomatik kanallar orqali oldindan xabardor qilish tartibiga asoslanadi. Samolyotlar kamida 14 kun oldin, kemalar esa belgilangan tartibda portga kirishdan oldin ogohlantirilishi kerak.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishini bildirgan.

Kiritildi: 21:52 18.04.2026. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!