"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 2025/26 yilgi mavsum oxirida klubni tark etmoqchi, deb yozadi ABC.
Manbaga ko‘ra, 60 yoshli nemis murabbiylar shtabiga charchoq, shuningdek, ba’zi futbolchilarning munosabati va rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani sababli ketmoqchi ekanligini aytgan.
Flik 2024 yilning yozidan buyon "Barselona"da ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" 74 ta o‘yin o‘tkazib, 54 ta g‘alaba, 8 ta durang va 12 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
"Barselona" bu mavsumda 25 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida jamoa 3 o‘yinda 6 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.