UFC'ning o‘rta vazndagi yangi chempioni Xamzat Chimayev qanday holatda ikkinchi kamar uchun jang qilishini aytdi.
- Ikkinchi kamar uchun sen qaysi birini qilgan bo‘larding - yarimog‘ir vaznga ko‘tarilishmi yoki yarimo‘rta vaznga tushishmi?
- Bilmayman, menga farqi yo‘q. Dana Uayt nima desa, shu bo‘ladi. Menga qayerda ko‘proq pul to‘lashsa, o‘shanga rozi bo‘laman. Pulni yaxshi ko‘raman", - dedi Chimayev.