Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xamzat Chimayev ilk chempionlik himoya jangi uchun raqib tanladi

Xamzat Chimayev ilk chempionlik himoya jangi uchun raqib tanladi

O‘rta vaznda yangi UFC chempioni Xamzat Chimayev kamarining ilk himoya jangida kimga qarshi oktagonga chiqmoqchi ekanini e’lon qildi.

Xamzat raqib sifatida niderlandiyalik Renye de Ridderni tanladi. Renye o‘rta vazn toifasi reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

"RDR", – deya raqib ism-sharifining bosh hafrlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan Chimayev.

Avvalroq, Renye de Ridder 25 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tkaziladigan UFC 321 turnirida yangi chempionga qarshi oktagonga chiqish istagida "vizov" tashlagan edi.

"Men 100 foizga Abu-Dabida jang qilishga tayyorman. Ishonchim komil, u uchun yaxshigina bosh og‘rig‘i bo‘laman. Albatta, o‘zim uchun ham jangning qanday o‘tishi qiziq tuyulyapti. Agar meni parterga tushirsa – bu ajoyib ish bo‘lardi. Mabodo men uni parterga tushira olsam, bu ham yaxshi yangilik. Tik turgan holda jang o‘tkazsak ham bu yaxshilik alomati. O‘ylaymanki, bu o‘zimni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat va undan maksimal darajada foydalanib qolaman", – degandi "Niderlandiyalik risar" Submission Radio radiosiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Renye de Ridder shu yilning iyul oyida UFC`dagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. U murosasiz jangda tajribali Robert Uittakerni hakamlarning ayri qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Kiritildi: 09:45 20.08.2025. O'qildi: 1651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!