G‘azo sektorida XAMAS tomonidan ushlab turilgan garovdagi shaxslar orasida tirik qolganlarning soni 20 nafardan oshmasligi mumkin. Afsuski, ularning halok bo‘lganini tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Bu haqda isroillik manbalar ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
«20 nafardan ko‘p emas, ularning o‘limlari haqida ma’lumot yo‘q», – dedi agentlik suhbatdoshi.
Isroil tomonining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda XAMASning qo‘lida tirik va halok bo‘lganlarni qo‘shib hisoblaganda taxminan 50 nafar garovdagi shaxs qolgan.
24 iyul kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu XAMASning Falastin anklavida otashkesim bo‘yicha taklifga bildirgan javobi munosabati bilan 6 iyuldan buyon Doha shahrida o‘tkazilayotgan muzokaralardagi delegasiyani qaytarishni buyurdi.
So‘nggi muzokaralar doirasidagi tashabbuslarga ko‘ra, kelishilgan 60 kunlik otashkesim davomida XAMAS Isroilga 10 nafar tirik garovdagi shaxs va G‘azoda halok bo‘lgan 18 kishining jasadini topshirishi kerak edi. Isroil esa shu davrda uzoq muddatga qamalgan 150 nafar falastinlikni hamda 2023 yil oktyabrida Isroil harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng G‘azo sektorida hibsga olingan 1100 nafar odamni ozod qilish majburiyatini olar edi. Bundan tashqari, ehtimoliy kelishuvlarga ko‘ra, G‘azo aholisiga yetkaziladigan gumanitar yordam hajmi sezilarli darajada oshirilishi kerak edi.