Falastinning XAMAS harakati garovga olinganlar hayoti uchun mas’ul guruhlar bilan aloqani uzganini aytdi. Bu haqda Al-Qahera Al-Ekhbariya telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, harakat "isroillik garovga olinganlarni qo‘riqlash vazifasi yuklangan bir qator guruhlar bilan aloqalarini yo‘qotgan".
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, garovga olinganlarning taqdiri hozircha noma’lum.
XAMAS bilan aloqador guruhlar bilan aloqa yo‘qligi sabablari ham ma’lum qilinmagan.