Falastindagi XAMAS harakati ma’lum qilishicha, 2023 yil oktyabrida Isroil armiyasi tomonidan G‘azo sektorida boshlangan harbiy operasiyalar davomida 233 nafardan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari halok bo‘lgan.
Bu haqda XAMASning rasmiy vakili Izzat ar-Rishk Telegram-kanali orqali xabar berdi. U, shuningdek, jahon jurnalistlar guruhining G‘azoga kirish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 100 dan ziyod xalqaro OAV jurnalistlari maxsus petisiyani imzolab, G‘azoga erkin kirish imkonini talab qilgan.