Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 yil davomida besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bolaning vafot etgani qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 200 ming nafarga ko‘p.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bolalar o‘limi o‘sishiga asosiy sabab sifatida AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa yirik donor davlatlar tomonidan xalqaro gumanitar yordamning qisqartirilishi ko‘rsatilmoqda. Oqibatda qator kambag‘al va mojarolar yuz bergan mintaqalarda sog‘liqni saqlash xizmatlarining sifat va qamrovi keskin pasaygan.

Shifokorlar va xalqaro tashkilotlar bolalar orasida to‘g‘ri ovqatlanmaslik, infeksiyali kasalliklar, toza suv va sanitariya yetishmasligi kabi muammolar yanada kuchayganini ma’lum qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:08. O'qildi: 123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!