Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga topshirildi

Xalqaro qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga topshirildi

Qotillikda gumonlanib, Interpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik shaxs Salvadordan Rossiyaga ekstradisiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkka tayanib Novosti Mail xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs 2021 yilda Sankt-Peterburgda sodir etilgan janjalda jabrlanuvchining ko‘kragiga o‘tkir buyum bilan pichoq urgan va ushbu jinoyat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Ayblanuvchi chet elga qochganidan so‘ng Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakillari uni xalqaro qidiruvga topshirgan.

Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Salvadorda ekanligi aniqlanib, 2023 yil may oyida u qo‘lga olindi. Rossiya Bosh prokuraturasining ekstradisiya so‘rovi xorijiy hamkorlar tomonidan qondirilib, shaxs San-Salvador aeroportida Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi va Moskvaga olib kelindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi vakolatli idoralar hamkorligidagi ilk ekstradisiya holati bo‘ldi.

Kiritildi: 13:04 26.05.2025. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!