Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Xalqaro pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak.

Bu Hukumat qarori (700-son, 06.11.2025 y.) bilan tasdiqlangan “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.

Nizomga ko‘ra, pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kuryerlik jo‘natmalari bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.

Ushbu jo‘natmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.

Jo‘natmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operasiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.

Pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar orqali ro‘yxatga olingan jo‘natmalar deklarasiyasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:20 07.11.2025. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!