Jami 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2 kilogramm 500 gramm, ya’ni 71 433 ta bir martalik dozaga teng «alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
🔴 Aniqlanishicha, qo‘lga olinganlar internet-narkodo‘konlar orqali faoliyat yuritgan 7 nafar «omborchi» va ularga ishlagan 6 nafar «zakladchik», shuningdek, jinoiy uyushma yetakchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.