Mamlakat prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayev Mudofaa vazirligidagi vaziyatni keskin tanqid qildi. Bunga Kaspiy dengizidagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 17 harbiy xizmatchining kuchli to‘lqin olib ketishi va 14 nafari halok bo‘lishi sabab bo‘ldi.
To‘qayevning aytishicha, mashg‘ulotlarda harbiylar zarur jihozlar, jumladan, qutqaruv jiletlari bilan ta’minlanmagan. U bu voqeani armiyadagi tizimli muammolar va mas’ul mansabdorlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq kamchiliklar bilan izohladi.
Shundan so‘ng Qozog‘iston Mudofaa vazirligida kompleks tekshiruv boshlandi. Harbiy sohada kadrlar bo‘yicha o‘zgarishlar ham amalga oshirilgan. To‘qayev qo‘mondonlik tizimini xalqaro tajriba asosida qayta qurish va yangi namunadagi armiyani shakllantirish kerakligini aytdi.