Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. Bu haqda sudning press-relizida aytilmoqda.
Hujjatda ta’kidlanganidek, "Xalqaro sudyaning sudgacha bo‘lgan palatasi bir ovozdan Isroilning Rim statuti ostidagi da’volarini rad etgan ikkita qaror qabul qildi.
"Shuningdek, Netanyaxu va Galantni Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olish uchun order berdi" - deyiladi matbuot bayonotida.