Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

A A A
Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Uchtepa tuman hokimi F.Abdullayevning 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yildagi rejalariga bag‘ishlangan murojaati tinglandi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, tumanimizdagi ehtiyojmand oilalar, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar va moddiy ko‘mak berish ishlariga davlat byudjetidan 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari yo‘naltirildi.

Bu mablag‘ hisobiga “Temir daftar”gi 622 ta oila,“Ayollar daftari”gi 6718 nafar xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”gi 4652 nafar yoshlarga moddiy, ma’naviy, tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatildi. Tabiiyki ushbu fuqarolar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari asosida daftarlardan chiqarildi.

Joriy yilning 1 dekabr holatiga Uchtepa tumanida umumiy hisobda 214,5 mln. dollar bundan 52,3 mln. dollar miqdoridagi xorijiy investisiya mablag‘i o‘zlashtirildi. Bu degani 2021 yilning yanvar-noyabr oylari uchun belgilangan reja 100,5 foizga bajarildi.

Ishga tushirilgan 82 ta loyihalarning 40 tasi xizmat ko‘rsatish, 29 tasi ishlab chiqarish korxonasi hamda 13 tasi turar-joy loyihalari o‘z faoliyatini boshladi va 2452 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.

2021 yil yakuniga qadar investisiya dasturi doirasida 263.1 mln. dollarlik 91 ta loyihalar hayotga tadbiq etildi. Shundan, 94.2 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Aynan mana shu loyihalar evaziga tumanda 4410 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

2021 yil 1 dekabr holatiga tumandagi eksportyor korxonalar tomonidan 60,6 million dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilinib, joriy yilning 11 oylik uchun belgilangan 43,4 mln. dollar prognoz 139 foizga bajarildi.

Shuningdek, joriy yilning 1 dekabr holatiga 237 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘maklashgan holda ularning faoliyatini tiklashga erishildi va 1435 nafar fuqarolar yangidan tadbirkor sifatida ro‘yxatga olindi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, tumandagi ko‘p-qavatli uylarning 10 ming kv.m. tom qismi mukammal va 20 ming kv.m. qismi joriy ta’mirlandi.

Ko‘p qavatli uylarning 311ta kirish yo‘laklari, 29 ta lift kabinalari, 85 ta elektr taqsimlovchi shitlar va 65 ta uylarning fasad qismi hamda 133 ta uylarning yerto‘la qismlari joriy ta’mirlandi. 31 ta uylarga yangi zamonaviy liftlar o‘rnatildi.

12 ming p/metr tik quvurlar va 3 ming p/metr irrigasiya tarmog‘lari va 40 ta bolalar maydonchalari joriy ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylarda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida 30 ta kuzatuv moslamalari o‘rnatildi.

2021 yil mobaynida 60 ta mahallalarning 750 ming kv.metr yo‘llari asfaltlashtirildi.

Bundan tashqari aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jami 5,2 ming kv.m.zamonaviy piyodalar yo‘laklari qurildi.

Tuman hududida 3 ta bog‘ barpo etilib, 10 mingdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Tuman hokimi o‘z murojaatida 2022 yilda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan vazifalar bilan yig‘ilganlarni yaqindan tanishtirdi.

Sessiya yakuni bilan tuman Kengashi deputatlari hamda tuman faollari tomonidan murojaat yuzasidan yo‘llangan savollarga javoblar berildi.

Kiritildi: 15:08 15.12.2021. O'qildi: 1937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik