Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan "Xalq banki" ATB foydasiga 2 mlrd 728 mln so‘m qarzdorlikni qaytarish maqsadida "D.B.Ch" fermer xo‘jaligi, ya’ni qarzdorga tegishli mol-mulk — molxona va chorva hayvonlarini so‘yish shoxobchasi xatlandi.
Mazkur ob’ektlar qarz uchun garovga qo‘yilgan bo‘lib, qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmagani bois, ular xatlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, garovda bo‘lgan ob’ektlarni baholash va keyinchalik sotish ishlari amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda o‘z majburiyatlarini bajarmagan qarzdorlarga nisbatan shunday qat’iy choralar ko‘rilmoqda.