Agentlikning “Sheremetyevo” aeroportining onlayn jadvaliga tayanib yozishicha, seshanba kuni “Aeroflot” Moskvadan 22 ta va poytaxtga yo‘nalgan 31 ta reysni bekor qilgan. Bu reyslar “Aeroflot”ning o‘ziga tegishli bo‘lgan hamda uning “Rossiya” sho‘ba aviakompaniyasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan parvozlar bo‘lgan.
“Aeroflot” matbuot xizmati Moskva vaqti bilan soat 10:00 gacha “maqsadli bekor qilishlar” amalga oshirilganini, shundan so‘ng asosiy parvozlar dasturi barqarorlashganini ma’lum qildi.
Kecha “Aeroflot”ning IT-infratuzilmasi keng ko‘lamli kiberhujumga uchragan edi, bu esa qariyb 100 ta reysning bekor qilinishiga va ommaviy kechikishlarga olib kelgan.
Mazkur hujum uchun javobgarlikni Silent Crow va Cyberpartisans BYnomli ikki xakerlar guruhi o‘z zimmasiga oldi. Ular kompaniyaning butun IT-infratuzilmasini amalda yo‘q qilganliklarini da’vo qilishmoqda.
Rossiya Bosh prokuraturasi keyinchalik xakerlik hujumi versiyasini tasdiqladi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.