Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan Stambulda bo‘lib o‘tgan Xalqaro strategik kommunikasiyalar (STRATCOM) sammitida so‘zlab, ma’lum qildi.
"Turkiya bu keskinlikka qarshi, chunki u mintaqadagi mamlakatlarni jiddiy eskalasiyaga tortish xavfiga ega", — dedi u.
X. Fidanning ta’kidlashicha, AQSh va Isroilning Eronga hujumi hamda Tehronning uning javobi Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun tahdid tug‘diradi: "Bu endilikda faqat Isroil urushi emas, chunki bu keskinlikning narxini butun dunyo to‘laydi. Geosiyosiy va iqtisodiy qiyinchiliklar kuchaydi".