Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xabi Alonsoga vaziyatni o‘nglash uchun nechta o‘yin berilgani ma’lum bo‘ldi

Xabi Alonsoga vaziyatni o‘nglash uchun nechta o‘yin berilgani ma’lum bo‘ldi

"Real" vaziyatni o‘nglash uchun bosh murabbiy Xabi Alonsoga yana uchta o‘yin berdi.

44 yoshli bask Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda iste’foga chiqarilishi mumkinligi xabar qilingandi. "Qaymoqranglilar" kecha o‘z uyida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Biroq, AS xabariga ko‘ra, "Madrid" rahbariyati murabbiyga natijalarni yaxshilash uchun ko‘proq vaqt beradi. Xabi kelajagiga joriy yilgi La Liga va Ispaniya Kubogining uchta o‘yini ta’sir qilishi mumkin - "Alaves" (14 dekabr), "Talavera" (17 dekabr) va "Sevilya" (20 dekabr).

Klub "Man Siti"ga qarshi o‘yinda "Real"ning o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi, ammo mag‘lubiyat va muxlislarning hushtakbozligi "qaymoqranglilar" rahbarlarini qoniqtirmadi.

Ta’kidlanishicha, Alonsoga ultimatum qo‘yilmagan, ammo jamoaning muvaffaqiyatsiz o‘yinlari murabbiy foydasiga bo‘lmagan qaror qabul qilinishiga ta’sir qilishi mumkin. Agar xo‘jayinlarni xavotirga solayotgan vaziyat o‘zgarmasa, u yanvar oyidayoq qabul qilinishi mumkin.

Kiritildi: 23:11 11.12.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!