Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xabi Alonso bu transferni blokladi

Xabi Alonso bu transferni blokladi

Dani Sebalyosning Madrid klubidagi istiqboli nafaqat "Marsel"ning qiziqishiga, balki murabbiylar jamoasining nuqtai nazariga ham bog‘liq.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishni ko‘rib chiqishga tayyor, biroq sotish narxi kamida 15-20 million yevroni tashkil etishi lozim.

Ta’kidlanishicha, Xabi Alonsoning pozisiyasi vaziyatni murakkablashtirmoqda: murabbiy jamoa munosib o‘rinbosar topmaguncha yarim himoyachini qo‘yib yuborishni istamayapti. Transferlar bozorida mos o‘yinchini topish oson emas va aynan shu holat muzokaralarni cho‘zib yuborishi mumkin.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi 2017 yildan beri "Real" safida to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 22:52 25.08.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!