X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori Linda Yakkarino o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Ikki aql bovar qilmaydigan yildan so‘ng men X kompaniyasining bosh direktori lavozimini tark etishga qaror qildim. Men X jamoasi bilan nihoyatda faxrlanaman, biznesdagi tarixiy burilish ajoyib bo‘ldi", - deydi nashr.
U o‘z lavozimini tark etish sabablarini ko‘rsatmadi.
Eslatib o‘tamiz, Yakkarino X kompaniyasining bosh direktori lavozimini 2023 yilning may oyida Ilon Mask ijtimoiy tarmoqni xarid qilganidan so‘ng egallagan, bungacha u Amerikaning NBC Universal media korporasiyasida sotuvlar bo‘yicha direktor bo‘lgan.