Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

World Boxing kubogi. Ikki sportchimiz finalga chiqdi

World Boxing kubogi. Ikki sportchimiz finalga chiqdi

World Boxing tashkiloti kubogi doirasida yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, ularning ikki nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda Farzona Fozilova ispaniyalik Marta Lopezga imkon qoldirmadi — 5:0.

World Boxing kubogining yarim final bahslarida -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Xiskeyga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan jangda Hamidova raqibasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi.

World Boxing kubogida +90 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov yarim final bahsida bizga yaxshi tanish bo‘lgan va anchagina jiddiy raqib, armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan jangda, afsuski, hakamlar Chaloyanning 3:2 hisobidagi g‘alabasini e’tirof etishdi va Zokirov bronza medali bilan cheklandi.

Natijalar bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Marta Lopez (Ispaniya) - 5:0

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hiskey (Angliya) - 3:2

+90 kg: Jahongir Zokirov - Davit Chaloyan (Armaniston) - 2:3

Kiritildi: Bugun 09:27. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!