Wildberries omborlariga qilingan dron hujumlar oqibatida ko‘rilgan zarar qariyb 280 mlrd rublga yetishi mumkin – Forbes.
Nashrning xabar berishicha, marketpleys sotuvchilarining ehtimoliy yo‘qotishlari 280 mlrd rublga (3,5 mlrd dollar) baholanishi mumkin. Baholash Shusharidagi Wildberries omborida yuz bergan yong‘indan keyin sotuvchilarga to‘langan kompensasiyalarga asoslangan, o‘shanda sotuvchilarga buning uchun qariyb 35 mlrd rubl qoplab berilgandi.
O‘z mahsulotlaridan ayrilgan sotuvchilarning aniq soni noma’lum. Mutaxassislarning aytishicha yu, gap yuz minglab tadbirkorlar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
18 iyuldan buyon ukrain dronlari Wildberries'ning Rossiya bo‘ylab jami 18 ta omboriga zarba berdi, jumladan, front chizig‘idan ancha olisda bo‘lgan hududlarga ham ukrain dronlari uchib kelmoqda.