O‘zbekiston bilan chegaralarni aniqlash natijasida Qirg‘iziston tarkibiga o‘tgan Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlari aholisiga Qirg‘iziston fuqaroligini rasmiylashtirish boshlandi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil oxirigacha aholiga yangi Qirg‘iziston pasportlari beriladi. Fuqarolik olgach, ular Qirg‘izistonning barcha huquq va ijtimoiy kafolatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ikki qishloqda jami 2500 ga yaqin aholi istiqomat qiladi va ularning aksariyati etnik qirg‘izlar hisoblanadi.
Shuningdek, chegara almashuvi doirasida Say va Tayan qishloqlari o‘rtasida yangi avtomobil yo‘li qurilishi uchun 236 gektar yer almashilgan. Yangi yo‘l Oydarken–Botken masofasini 225 kmdan 55 kmgacha qisqartirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan o‘tgandan keyin 15 kun davomida majburiy ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘lgan tartib bo‘yicha ham kelishuvga erishgan.