Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ronaldu o‘zining nikoh to‘yiga Messini taklif qiladimi?

Ronaldu o‘zining nikoh to‘yiga Messini taklif qiladimi?

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jurnalist Esegbona Luisning ma’lum qilishicha, to‘yga taklif etilgan mehmonlar orasida jahon futboli yulduzlari Lionel Messi va Neymar ham bor.

Avvalroq sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov ham taklifnoma olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Rossiyalik jangchi bir necha bor Ronaldu bilan yaqin do‘stona munosabatda ekanini ta’kidlagan.

The Sun nashri ma’lumotiga ko‘ra, to‘y 8 avgust, shanba kuni, Ronalduning tug‘ilib o‘sgan vatani — Madeyra orolida bo‘lib o‘tadi. Marosimni Funshal shahridagi bosh soborda o‘tkazish, shundan so‘ng mehmonlarni besh yulduzli mehmonxonada qabul qilish rejalashtirilgan. Biroq ushbu ma’lumotlar hozircha Ronaldu yoki uning vakillari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Nashr manbasiga ko‘ra, mehmonxona mijozlariga juma va shanba kunlari binodagi ikki qavat hamda bir nechta bar hududi yopiq bo‘lishi haqida oldindan ogohlantirish berilgan.

Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yilda tanishgan va ko‘p o‘tmay munosabatlarni boshlagan. Ular besh nafar farzandni tarbiyalamoqda. Shulardan ikki nafari Jorjina tomonidan dunyoga keltirilgan.

Kiritildi: Bugun 07:40. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!