Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

WhatsApp Rossiyani tark etishga tayyorlanishi kerak — Rossiya Davlat Dumasi deputati

WhatsApp Rossiyani tark etishga tayyorlanishi kerak — Rossiya Davlat Dumasi deputati

Davlat Dumasining Axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anton Gorelkinning aytishicha, messenjer “juda katta ehtimol bilan” Rossiya tomonidan cheklovlar qo‘yiladigan “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga tegishli dasturiy ta’minotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bozorida WhatsApp'ning ulushi ancha katta, ammo uning o‘rnini egallashga da’vogar messenjer bor, bu rossiyalik dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan Max messenjeri bo‘ladi.

"Telegram'ning yurisdiksiyasi hali oxirigacha aniqlanmagan. Rozkomnadzor reestrida Telegram ro‘yxatdan o‘tgan mamlakat sifatida Britaniya Virjin orollari ko‘rsatilgan, ammo Pavel Durov rahbarlik qilayotgan kompaniya bosh ofisi biz uchun do‘st bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan. Shaxsan men Telegram ushbu ro‘yxatga kiritilmaydi, deb hisoblayman, ayniqsa u Rossiya qonunlariga rioya qilsa va bozorda qolish istagini namoyon etsa", — deya fikr bildirdi Gorelkin.

Kiritildi: 18:56 18.07.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!