Yaqinda WhatsApp messenjeridagi shartlarni yangilash millionlab foydalanuvchilarni boshqa xizmatlarga o‘tishga majbur qildi, deb yozadi The Guardian.
Britaniya parlamentining Ichki ishlar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyining dastlabki uch haftasida butun dunyo bo‘ylab Signal ijtimoiy tarmog‘iga 7,5 million, Telegramga 25 million foydalanuvchi qo‘shildi. Ikkala holatda ham WhatsApp foydalanuvchilaridan ayrildi.
WhatsApp xizmatidagi yangilanishlar tizimga foydalanuvchi xabarlarini o‘qish va messenjerni o‘z ichiga olgan Facebookka ma’lumot uzatish huquqini beradi. Bu yerda gap geolokasiya, Facebookga tegishli dasturlarni o‘rnatish va olib tashlash haqida ketmoqda. Ammo WhatsApp 8 fevralga rejalashtirilgan yangi shartlarni joriy etishni kechiktirishga majbur bo‘ldi.
"Biz shuni aniq aytmoqchimizki, funksiyani yangilash sizning ma’lumotlaringiz maxfiyligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", deyiladi kompaniya bayonotida.