2025 yilning 1 iyundan boshlab WhatsApp bir qator eskirgan smartfonlarni, jumladan mashhur iPhone modellari va Android qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.
Bu haqda 9to5Mac portali kompaniyaga tayanib xabar bermoqda.
1 iyundan boshlab iOS 15.1 hamda Android 5.1 va undan yuqori versiyalari bilan ishlaydigan qurilmalarda ishlashni to‘xtatadi. Android holatida bu qaror yuzlab modellarga ta’sir qiladi, Apple smartfonlari orasida iPhone 5s, iPhone 6 va iPhone 6 Plus qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotadi.
9to5Mac ta’kidlaganidek, ba’zi nashrlarda birinchi avlod iPhone 6s, 6s Plus va SE haqida ham eslatib o‘tiladi, ammo bu modellar iOS 15.8.4ga yangilashni qo‘llab-quvvatlaydi. Agar u o‘rnatilgan bo‘lsa, messenjer ishlashda davom etadi.
Ro‘yxatga olingan smartfonlar o‘z maqomini uzoq vaqtdan beri yo‘qotgan bo‘lsa-da, ular hali ham butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar tomonidan qo‘llaniladi.
Eski qurilmalar egalariga, agar iloji bo‘lsa, operasion tizimni yangilash tavsiya etiladi. Agar messenjerdan foydalanishni davom ettirish muhim bo‘lsa-yu, lekin uni yangilash imkoni bo‘lmasa, gadjetingizni eng yangisiga o‘zgartirishingiz kerak.