Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Vulin: "Serbiya G‘arb razvedka agentliklarVulin: "Serbiya G‘arb razvedka agentliklariga "rangli inqilob" uyushtirishga yo‘l qo‘ymaydi"iga "rangli inqilob" uyushtirishga yo‘l qo‘ymaydi"

Vulin: "Serbiya G‘arb razvedka agentliklarVulin: "Serbiya G‘arb razvedka agentliklariga "rangli inqilob" uyushtirishga yo‘l qo‘ymaydi"iga "rangli inqilob" uyushtirishga yo‘l qo‘ymaydi"

Serbiya rasmiylari Belgraddagi namoyishlar ortida turgan G‘arb razvedka idoralariga mamlakatda "rangli inqilob" uyushtirishga ruxsat bermaydi.

Bu haqda respublika bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin ma’lum qildi.

"Belgradda "rangli inqilob" bo‘lmoqda. Va bu bizning Rossiya Federasiyasiga nisbatan pozisiyamiz bilan uzviy bog‘liq. Serbiyadagi "rangli inqilob" ortida boshqa hukumatni hokimiyatga keltirmoqchi bo‘lgan G‘arb razvedka xizmatlari turibdi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz", - deya ta’kidladi Vulin.

Serbiyadagi norozilik namoyishlari 2024 yil 1 noyabrda Novi Sad temir yo‘l vokzalidagi inshoot qulaganidan keyin boshlangan. Namoyishlar hamon davom etmoqda va namoyishchilar fojiada mamlakat rasmiylarini ayblamoqda.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich voqealarni sharhlar ekan, respublikada Kiyev "Maydan"iga o‘xshash "rangli inqilob"ni amalga oshirish mumkin emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:18 22.03.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!