Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Vuchich yaqin kunlarda ishga qaytolmaydi

Vuchich yaqin kunlarda ishga qaytolmaydi

Bu haqda Serbiya Harbiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari va kardiolog Dragan Dinchich ma’lum qildi.

Aleksandar Vuchich Qo‘shma Shtatlarga tashrifi chog‘ida uni sog‘lig‘ining yomonlashuvi ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan bog‘liq bo‘lgan, bu, ehtimol, qon bosimining keskin ko‘tarilishi tufayli yuz bergan. Belgraddagi Harbiy-tibbiyot akademiyasi shifokorlari Serbiya prezidentining ahvolini “barqaror va qoniqarli” deb baholashdi.

Dragan Dinchichning so‘zlariga ko‘ra, prezident yaqin kunlarda shifoxonani tark etishi mumkin, biroq “uning odatiy faoliyatiga bir necha kun ichida qaytishi kutilmasligi kerak”.

Avvalroq Vuchich Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning tanqidlariga qaramay, 9 may kuni Moskvadagi paradga borishni rejalashtirayotganini bildirgan edi.

Avvlroq, Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich betob bo‘lib qolgani sababli AQShdagi safarini muddatidan oldin yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Serbiya prezidenti Qo‘shma Shtatlarga safari davomida Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Ammo Vuchich Tramp bilan ko‘rishishga ulgurgan yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 10:57 04.05.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!