Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning aytishicha, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi ayblovlar AQShda siyosiy beqarorlikni kuchaytiradi.
Tegishli bayonotni u Novi Pazar shahriga tashrifi chog‘ida aytdi.
"Albatta, bu Qo‘shma Shtatlardagi qo‘shimcha siyosiy notinchlikni keltirib chiqaradi", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shu bilan birga, Vuchich bu mavzu ichki siyosat ekanligini ta’kidladi.