Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Voyaga yetmagan shaxslar jinoyati YTH bilan tugadi

A A A
Voyaga yetmagan shaxslar jinoyati YTH bilan tugadi

Farg‘ona. 2020 yilning 03 avgust kunidan 04 avgust kuniga o‘tar kechasi 23 yoshli A.O. voyaga yetmagan tanishlari 17 yoshli A.T., 17 yoshli D.X. va 15 yoshli B.S., lar bilan birgalikda Beshariq tumanida joylashgan yashash xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilishib, D.X. va B.S., ko‘chaga chiqib ketishgan, A.T. esa xonadon egasi A.O., ni uxlab qolganligidan foydalanib, “Lacetti” rusumli avtomashinasini qo‘riqlov pulti orqali ochib, avtomashinani boshqarib, yaqin atrofda bo‘lgan B.S. va D.X., larni avtomashinaga chiqarib, qonunga xilof ravishda olib qochib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi

So‘ng, A.T. spirtli ichimlik ta’sirida ushbu avtomashinada Beshariq tumani, Yakkatut qishlog‘i hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida bo‘lgan daraxtga urilib to‘xtagan.

Natijada A.T., B.S. va D.X., lar hodisa joyida yengil tan jarohatlari olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Kiritildi: 09:54 09.08.2020. O'qildi: 2719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!