Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan konduktorga 5 sutka qamoq jazosi berildi

A A A
Voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan konduktorga 5 sutka qamoq jazosi berildi

12 yoshli qizchaga shahvoniy shilqimlik qilishda ayblangan 43 yoshli konduktor ishi bo‘yicha sud majlisi 14 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida bo‘lib o‘tdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 78-sonli avtobus konduktori 11.06.1981 y.t. Bekmetov Toir Baxautdinovich qizchaga har xil savollar berib, yuziga tegib, boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan.


Sud majlisida u qilmishidan pushaymon ekani, bu holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Sud unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik) bilan 5 sutka qamoq jazosini tayinladi. Bunday jazo ushbu modda sanksiyasida nazarda tutilgan maksimal jazodir.

Kiritildi: 21:29 16.01.2025. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!