Qatar, Misr, Pokiston va boshqa mintaqaviy vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishni taklif qildi, deb xabar berdi Axios" manbalarga tayanib.
Donald Tramp ma’muriyati ushbu taklifni o‘rganmoqda va Isroilni "diplomatik darchani yopib qo‘yishi" mumkin bo‘lgan qadamlardan tiyilishga chaqirdi. Shu bilan birga, Vashington mintaqaga ko‘proq kuch yuborib, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi yuqori jangovar shaylik holatida va "urushning to‘liq miqyosli muvofiqlashtirilgan kampaniyagacha kengayishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda".
8 iyul kuni Tramp Tehron Xo‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga hujum qilayotgani sababli Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yakunlanganini e’lon qilgan edi. O‘shandan beri AQSh Eronga zarbalar bermoqda. 13 iyul kuni Tramp Kongressni Eronga qarshi harbiy harakatlar qayta boshlangani haqida rasman xabardor qildi. U gap "tinch aholi orasidagi talofatlarni maksimal darajada kamaytiradigan" tarzda amalga oshirilayotgan "cheklangan zarbalar" haqida ketayotganini ta’kidladi. Javob tariqasida Eron Yaqin Sharqdagi Amerika ob’ektlariga zarbalar bermoqda