Davlat Dumasi Spikeri Vyacheslav Volodin rossiyalik deputatlarni sovet o‘tmishi haqida xolisona fikr yuritishga va yo‘l qo‘yilgan xatolar haqida unutmaslikka chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSRning parchalanishiga hukmron KPSSda xalqni unutgan xoinlarning mavjudligi sabab bo‘lgan.
"... Biz Ostrovskiyning "Po‘lat qanday toblandi" asari asosida tarbiyalanganmiz. Ammo hozir o‘zimiz nima qilyapmiz? Deputatlik lavozimini egallab turib, qanchalik samarali faoliyat yuritayapmiz?" - degan savolni ko‘taradi Volodin.
Volodin zamonaviy Rossiyani rivojlantirish uchun sovet tajribasidan eng yaxshi jihatlarni o‘zlashtirishga chaqirdi, biroq "bizning o‘z yo‘limiz bor" deb ta’kidladi.