Bugun 12 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Volodin "Qizil maydonda tavba qilish"ni taklif qildi

Volodin "Qizil maydonda tavba qilish"ni taklif qildi

Volodinning fikricha, faqat Rossiyada "haqiqiy demokratiya" mavjud.

Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin AQSh Kongressidan USAID (AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi) orqali mablag‘ olgan rossiyalik ko‘chib ketganlar ro‘yxatini so‘rashni taklif etdi.

Quyi palata raisi bu ro‘yxatlarni FXXga topshirish kerak deb hisoblaydi, Rossiyadan ketgan fuqarolar va nodavlat notijorat tashkilotlariga esa "Qizil maydonda tavba qilish"ni taklif qildi.

Uning aytishicha, USAID dunyoning yarmini aldagan va demokratiyaga hech qanday aloqasi yo‘q. "Faqat Rossiyada haqiqiy demokratiya saqlanib qoldi," - deb ta’kidladi rais.

Shuningdek, Davlat Dumasi raisi rossiyalik ko‘chib ketganlar endi mablag‘siz qolishiga ishonch bildirmoqda: "Mana ular hozir ketishdi, USAID ularni chet elda moliyalashtirishiga umid qilib. Endi esa och-yalang‘och, sovuqda o‘tirishadi, yana biror narsa berib qolar degan umidda."

Kiritildi: 21:01 11.02.2025. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!