Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Vodiyni Toshkent bilan bog‘lovchi A-373 avtomagistrali to‘liq kameralashtiriladi

Vodiyni Toshkent bilan bog‘lovchi A-373 avtomagistrali to‘liq kameralashtiriladi

Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog‘lovchi A-373 avtomagistrali to‘liq foto-video qayd etish qurilmalari bilan qamrab olinadi. Bu haqda 6 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan «Hukumat soati»da Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, bugungi kunda A-373 avtomagistralida shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan 10 komplekt mobil foto-video qayd etish qurilmalari ishlamoqda.

«Toshkent viloyati, shuningdek, «Ohangaron–Qamchiq dovoni» A-373 avtomagistralining 90ta chorrahasi bo‘yicha loyiha va texnik hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Andijon va Namangan viloyatlarida mazkur yo‘nalishda muhandislik-qidiruv ishlari olib borilmoqda».

Sodikovning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil yakunigacha Farg‘ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi chorrahalarda o‘rnatilgan barcha eski svetoforlar yangisiga almashtiriladi. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasidagi ushbu ishlar viloyat hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 18:35 06.11.2019. O'qildi: 2260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!