Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vodiy grandlari birin-ketin yangi bosh murabbiylari nomini e’lon qilishdi

Vodiy grandlari birin-ketin yangi bosh murabbiylari nomini e’lon qilishdi

Vodiyning uch grand klubli "Neftchi", "Andijon" va "Navbahor" allaqachon yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishdi.

Ular birin-ketin o‘zining eski murabbiylari bilan xayrlashib, yangi bosh murabbiylarni e’lon qildi.

Dastlab, 30 noyabrda "Andijon"ga Samvel Babayan murabbiy etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi. 1 dekabr sanasida "Navbahor" Timur Kapadzeni bosh murabbiylikka olib keldi. 2 dekabrda esa amaldagi chempion "Neftchi" Islombek Ismoilovga jamoani ishonib topshirdi.

Mutaxassislar allaqachon keyingi mavsum uchun transfer rejalarini amalga oshirishga kirishib ketgan.

Kiritildi: 13:56 02.12.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!